Kataloniyaning «Barselona» klubi tajribali futbolchilari bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
«Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Inigo Martines va Robert Levandovski bilan shartnomalarni yangilashi mumkin va Xansi Flikning fikricha, asosan yosh futbolchilardan iborat jamoada tajribali yetakchilar kerak.
Ularning shartnomalari mos ravishda 2025 yilda yakunlanadi.