O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisiga «PSJ» qiziqish bildirmoqda.
Parij klubi qishki transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va «Lans»dan Abduqodir Xusanovga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi «Footmercato».
«PSJ»da futbol maslahatchisi lavozimini egallab turgan Luish Kampush allaqachon futbolchi atrofidagi odamlar bilan uchrashib ulgurgan. Taxminlarga ko‘ra, Husanovning transferi parijliklar kuzatib borayotgan «Benfika»dan Tomas Arauxoning transferidan ham arzonga tushadi.
O‘zbekiston milliy futbolchisining narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Husanov 2023/24 yilgi mavsumdan buyon «Lans» safida to‘p tepmoqda va Liga 1ning joriy mavsumida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi.