«Barselona» yarim himoyachilari Pedri va Gavi uchun yangi shartnomalar imzolanish bosqichida. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 22 yoshli Pedri va 20 yoshli Gavi bilan yaqin kunlarda yangi shartnoma imzolaydi.
Joriy mavsumda Pedri barcha turnirlarni hisobga olgan holda 18 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Gavi joriy mavsumda yettita o‘yinda maydonga tushdi.