Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi qanot hujumchisi Dushan Tadich bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi.
Ekrem Konur xabariga ko‘ra, 36 yoshli serbiyalik futbolchiga 1+1 ko‘rinishida yangi shartnoma taklif qilingan. Tadich yaqin orada o‘z qarorini e’lon qiladi.
Joriy mavsumda Dushan 20 ta o‘yinda 8 ta gol urib, yana shuncha golli uzatma berdi.