"Tottenxem"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushish De Bryuyne uchun ingliz klubidagi 391-uchrashuvi bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u "shaharliklar" safida 390ta o‘yin o‘tkazgan Serxio Aguyerodan o‘zib ketdi.
"Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasi doirasida o‘z maydonida "Tottenxem"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
De Bryuyne joriy mavsum “Siti” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi.