Fransiyaning "PSJ" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning jarohat olgan hujumchisi Gonsalu Ramushning ahvoli haqida gapirdi.
"Gonsalu hozir tiklanishning so‘nggi bosqichida. U tez orada maydonga qaytadi. Lekin hozircha bu aniq qachon sodir bo‘lishini ayta olmayman. Maqsadimiz barcha o‘yinchilarning o‘yinlarga tayyor bo‘lishlaridir", - dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Ramush "Gavr"ga qarshi Liga 1ning birinchi tur o‘yinida jarohat oldi. Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumida Gonsalu 29 ta o‘yinda ishtirok etgan. 23 yoshli hujumchi 11 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.