«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Roy Kin qanday qilib Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lganligini esladi.
Irlandiyalik sobiq futbolchi 1993 yildan 2006 yilgacha «Qizil iblislar»da o‘ynagan va faoliyatini Shotlandiyaning «Seltik» klubida yakunlagan.
«Menda «Yuventus» bilan shartnoma bor edi. Shartnoma deyarli imzolandi va u yerda men «Yunayted»ga qaraganda ko‘proq pul ishlagan bo‘lardim. Bu holat meni izdan chiqarmadi. Lekin men «Yuventus»ni doim yoqtirardim. Chet elda o‘ynamaganimdan afsusdaman», - dedi hozirda televideniyeda mutaxassis bo‘lib ishlayotgan Kin.