«Vulverxempton» hujumchisi Mateus Kunya «Manchester Yunayted»ning yana bir potensial transfer maqsadi hisoblanadi.
Braziliyalik futbolchini o‘tgan yozda «Qizil iblislar»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi, ammo bu borada aniq hech narsa chiqmadi. Jurnalist Grem Beylining so‘zlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 25 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi yutuqlarini kuzatib bormoqda. Mankunianliklar hujumni kuchaytirishga intilishmoqda - ehtimol yaqin orada ular «bo‘rilar» yulduzini o‘ziga tortishga harakat qilishlari mumkin.
Mateus Kunya joriy Premyer-ligada 12 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» ekspertlarining fikricha, forvardning narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.