Londonning «Chelsi» va «Brayton» klublarining sobiq bosh murabbiyi Grem Potter ishga qaytishga shoshilmayapti.
49 yoshli mutaxassisni tayinlashga yaqinda Stiv Kuperni istefoga chiqargan «Lester» qiziqayotgan edi. «TBR Football» xabariga ko‘ra, Potter yaqin orada Premyer-ligaga qaytishi dargumon - uni «tulkilar» boshqaruvidagi ish qiziqtirmaydi.
E’tiborlisi, «Lester» Kuper bilan kelishuvga erishgunga qadar yozda «Chelsi»ning sobiq murabbiyini tayinlashga tayyor edi, biroq o‘shanda ham hech narsa chiqmadi.