"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining bu yilgi o‘yini haqida nimalarni o‘ylayotganini aytdi.
Parijliklar hanuzgacha Liga 1da mag‘lubiyatsiz dadil yetakchilik qilmoqda, ammo Chempionlar ligasida vaziyat yomonroq: Fransiya grandi umumiy bosqichning to‘rt turidan so‘ng atigi to‘rt ochko to‘pladi va ikki marta mag‘lub bo‘ldi.
"Hozircha mening jamoam "Arsenal"dan tashqari bu mavsumdagi barcha o‘yinlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.
"Bavariya"ga qarshi dadil harakat qilishimiz, hujum qilishimiz, himoyada tavakkal qilishimiz kerak. Men boshqa yo‘lni bilmayman va bilishni istamayman," - dedi Enrike.