«Brest» bosh murabbiyi Erik Roy YECHL 5-turi doirasidagi «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi.
— Laminning yo‘qligi sizga yengillik beradimi?
— «To‘g‘ri, «Barselona» bu kichkina daho jarohat olganidan beri g‘alaba qozona olmadi, lekin Rafinya bor. Men uning o‘yin uslubini yaxshi ko‘raman va u «Barselona»ning sardori va eng xavfli o‘yinchilaridan biri. Shuningdek, Olmo, Levandovski, Pedri ham bor. Umid qilamanki, himoyamiz ajoyib o‘yin ko‘rsatadi», - dedi Roy.