"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.
Angliyalik futbolchining fikricha, myunxenliklar hattoki darvozabonga ham bosim o‘tkazishadi, buni rossiyalik Matvey Safonov ham hisobga olishi kerak.
"Bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi. "PSJ" ajoyib jamoaga ega. Ular ustunlik qilishga va to‘pga egalik qilishga intilishadi.
Biz ham shunday harakat qilamiz va to‘pni nazorat ostida ushlab turamiz. Biz ularni albatta qiyin ahvolga solamiz.
Ayniqsa, darvozabonga bosim o‘tkazamiz", - dedi Keyn matbuot anjumanida.