"Manchester Yunayted" himoyachisi Nussair Mazraui aritmiya tashxisi qo‘yilganidan keyin kichik profilaktik muolajani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli marokashlik futbolchining tiklanishi bir necha hafta davom etadi. Yurakdagi muammolar tufayli Mazraui ikki oyga yaqin maydonga tusha olmasligi avvalroq xabar qilingandi.
Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.