"Barselona" vingeri Rafinya Dias yozgi transfer oynasida o‘z klubini o‘zgartirishi mumkin. Xabariga ko‘ra, "Barselona"ning rejalari Rafinyani sotishni o‘z ichiga olmaydi, ammo agar klub kelasi yozda yulduz olib kelishga e’tibor qaratsa, u qurbon bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik braziliyalikni qo‘yib yubormoqchi emas. Joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Rafinyaning "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.