Ispaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya "Furia Roxa" futbolchilari Rodri va Daniel Karvaxalning jiddiy jarohatlari haqida gapirdi.
"Ular ko‘p o‘yin o‘tkazgani uchun jarohat olishdi. Keyin nima bo‘lishini bilmayman, lekin federasiya va sardorlar nimadir qilsa kerak. Ispaniya terma jamoasi g‘alaba qozona boshladi, endi ikki nafar sardor va jamoaning muhim o‘yinchilari jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi.
Biz ularni sog‘inamiz. Biroq, ular yuqori sifatli reabilitasiyadan o‘tishlari kerak. Ular jahon chempionatiga a’lo formada yaqinlashishlari uchun hamma narsani qilishga harakat qilamiz", - deya Kukurelya so‘zlarini keltiradi Relevo.