"Lasio"ning g‘alabali seriyasi davom etdi, chunki ular "Bolonya" ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Eng yaxshi o‘yinchilardan biri Nikolo Rovella edi. Yaqinda terma jamoaga ham chaqiruv olgan italiyalik yosh iqtidor sohibi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu yozda qilgan mehnatim menga juda ko‘p yordam berdi. Men bor e’tiborimni bir o‘yinga qarataman. Bu jamoa yaxshilanish uchun katta imkoniyatlarga ega.
Men faqat "Lasio" haqida o‘ylayman, "Yuventus" haqida gapirmayman, bu mening xayolimda emas. Bu yerda abadiy qolishga umid qilaman. O‘yin oxirida muxlislarga minnatdorchilik bildirish uchun ular bilan g‘alabalarni nishonlash har doim ajoyibdir", – dedi Rovella.