Krishtianu Ronaldu Buyuk Britaniyada kosmetik xizmatlar uchun pul to‘lamaganligi uchun sudga tortildi.
Doktor Roshan Ravindranning ta’kidlashicha, portugaliyalik futbolchi 2021 va 2022 yillarda "Manchester Yunayted"da o‘ynaganida olgan proseduralari uchun pul to‘lamagan.
The Sun xabariga ko‘ra, gap 40 ming funt sterling haqida ketmoqda.
Doktor Rosh xizmatlaridan siyosatchilar, qirollik oilasi a’zolari, sport yulduzlari va gollivud aktyorlari foydalanadi.