Payshanba oqshomida Angliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasining 3-turi doirasida Gresiyani qabul qiladi. Himoyachi Jon Stouns bu o‘yinda "uch sherlar" sardori bo‘ladi.
"Bolalikdagi orzum ushaldi. Mening oilam uchun Angliya terma jamoasi sardori sifatida maydonga tushganimni ko‘rish juda alohida lahza. Buning uchun murabbiyga minnatdorchilik bildiraman. Kecha biz ajoyib suhbat qurdik", - deydi futbolchi.