"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde o‘zi uchun noodatiy bo‘lgan o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynash haqida gapirdi.
Aynan himoyaning o‘ng tomonida urugvaylik La Ligada "Leganes"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi, unda u gol urdi va jamoasiga g‘alaba qozonishga katta yordam berdi (3:0).
"Pandemiya davrida men "Liverpul"ga qarshi o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynaganman - o‘shanda asabiylashardim. O‘ylaymanki, bu safar biz uchun qiyinroq bo‘ladi, lekin biz tayyormiz," - deya Valverdening so‘zlarini keltirmoqda Madrid Universal.