“Milan” yanvar oyida “Jenoa”dan Morten Frendrupni sotib olmoqchi.
Sentyabrdagi terma jamoalar uchun tanaffus vaqtida Ismoil Bennaserning jarohati "Milan"ni yarim himoyadagi o‘rnini mustahkamlashga majbur qildi. Aniqlik kiritilishicha, rahbariyat jazoirlik futbolchining tiklanishi haqidagi xabarni kutishi mumkin, biroq u mavsumning ikkinchi qismida safga qayta olmasa, unga almashtirish kerak bo‘ladi.
Frendrup uchun so‘ralgan summa taxminan 20 million yevroni tashkil qiladi, ammo moliyaviy muammolar tufayli "Jenoa" narxni pasaytirishi mumkin.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.