Mark Kukurelya Yevro-2024da to‘pning qo‘liga tegishi epizodiga izoh berdi.
Yevro-2024 chorak finalidan o‘rin olgan Ispaniya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda bosh hakam Entoni Teylor 106-daqiqada Jamol Musialaning zarbasidan so‘ng Mark Kukurelyaning qo‘liga to‘p tepgani uchun nemis jamoasi foydasiga penalti belgilamadi. Ushbu vaziyatda VAR epizodga aralashmadi. O‘yin Ispaniyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Keyinroq UEFA hakamlar qo‘mitasi Teylor ushbu epizodda penalti belgilamay xato qilganini tan oldi.
“Qo‘limga to‘p aniq tegdi. Ammo bu tabiiy holatdagi qo‘l edi, chunki men qo‘llarimni yon tomonga siljitmasdan pastda tutdim va qo‘lim tanaga juda yaqin edi.
Menimcha, Yevropa chempionati paytida davrida qo‘lga to‘p tegmaganini aytib endi esa, shuncha vaqtdan keyin to‘p qo‘l bilan o‘ynalganini aytish, bu noto‘g‘ri. Bu allaqachon hal qilingan muammo atrofida shov-shuvni kuchaytiradi, men ular nima qilmoqchi ekanini bilmayman. Ular vaziyatga oydinlik kiritishlari juda muhim, chunki bu allaqachon barchamizni boshimiz aylantirmoqda”, dedi “Chelsi” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya yakunda Angliyani mag‘lub etib Yevropa chempioniga aylangan edi.