Florentino Peres Superliga g‘oyasi haqida optimistik gapirdi.
“Superliganing futbolni tekinga berish taklifi... Ha, bu yangilik!
Bugun men har qachongidan ham optimistman. Yevropa sudining tarixga aylangan va universitetlarda o‘rganilishi kerak bo‘lgan qarori UEFA monopoliyasiga chek qo‘ydi.
Biz hech qachon buning oson bo‘lishini aytmagandik. Bu bosim va tahdidlar bilan paydo bo‘lgan narsa edi”, - dedi “Real Madrid” prezidenti klub Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida.