«Arsenal» rahbariyati jamoani kuchaytirish ustida ishlamoqda. «Transfer News Live» nashrining «Fichajes» nashriga tayanib xabar berishicha, London klubi kelasi yozda «Milan»dan yarim himoyachi Teyani Reyndersga katta taklif bilan chiqishi mumkin.
2024/2025 yilgi mavsumda Reynders «Milan» safida 15 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularda yarim himoyachi to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali mutaxassislari 26 yoshli niderlandiyalik futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.
«Arsenal» ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.