Emmanuel Petining fikricha, "Chelsi" Premyer-liga chempionligi uchun da’vogar. Kecha Enso Mareska shogirdlari APLning 12-turida “Lester”ni mag‘lub etishdi (2:1).
"Ular bu o‘yinlarning barchasini eng yaxshi jamoalarga qarshi o‘tkazishdi va ular uchinchi o‘rinda "Liverpul"dan atigi 6 ochko ortda.
Jamoa mavsum boshida “Manchester Siti”ga qarshi birinchi o‘yindan boshlab juda qiyin o‘yinlar o‘tkazishdi. Jadvalga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayniqsa yanvar oyidan boshlab, men hali ham ular g‘alaba qozonishiga ishonaman.
Agar ular Rojdestvoga qadar shunday davom eta olsalar, chempionlik poygasida katta xavf tug‘diradi", dedi “Chelsi”ning sobiq yarim himoyachisi.