“Tottenxem” Rodrigo Bentankurni koreyslar haqida hazil qilgani uchun jarimaga tortmadi.
Bentankur FA tomonidan irqchilikka sabab bo‘luvchi hazili uchun yettita o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
"Tottenxem" FA qarori ustidan apellyasiya arizasi berib, taqiq muddatini qisqartirishga umid qildi.
The Guardian xabariga ko‘ra, klub Bentankurga nisbatan ichki chora ko‘rmagan. Klub yarim himoyachi o‘z so‘zlari uchun jazolanishi kerakligini tan oldi, biroq jazo choralarini qo‘llashni futbol rahbariyatining ishi deb hisoblaydi.
Taxminlarga ko‘ra, klubning pozisiyasi Bentankur o‘z hazili bilan hech kimni xafa qilishni istamaganiga asoslanadi va u jurnalistning savolini "haqoratli" deb topdi.
Sud majlisida urugvaylik suhbatdoshning savoliga kinoya bilan javob berganini, chunki u Sonni ismini tilga olmay “koreys” deb ataganini aytdi.