"Yuventus" hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Dushan Vlahovich turinliklar uchun mavjud bo‘lgan yagona hujumchi bo‘lib qolmoqda, Arkadiush Milik esa jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Shu munosabat bilan Krishtianu Jiuntoli mumkin bo‘lgan variantlarini diqqat bilan ko‘rib chiqa boshladi.
"Yuventus" sport direktori "Leypsig" hujumchisi Lui Opendani diqqat bilan kuzatib bormoqda. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi 9ta o‘yinda 5ta gol urdi.
Yana hamyonbop variant bu “Sevilya” futbolchisi Dodi Lukebakio, uni “Yuventus” avvalroq kuzatib kelgan va uning narxi 15 million yevroga baholangan.
Shuningdek, Paolo Maldinining o‘g‘li, yozda "Milan"ni tark etib, "Monza"ga ko‘chib o‘tgan 22 yoshli Daniyel ham ro‘yxatga kiritilgan.