"Fenerbaxche" qishki transfer oynasida yangi chap qanot himoyachisini sotib olmoqchi.
TodoFichajes portali xabariga ko‘ra, "kanareykalar" bosh murabbiyi Joze Mourinyo ushbu pozisiyada "Real" tarbiyalanuvchisi Serxio Regilonni ko‘rmoqchi.
Mourinyo avvalroq “Tottenxem”da Regilon bilan birga ishlagan. 27 yoshli ispaniyalik hozir ham London jamoasida o‘ynamoqda.
Uning amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi, bu esa mumkin bo‘lgan transferni ancha osonlashtiradi. "Shporlar" Regilonni tovon pulisiz ham qo‘yib yuborishi mumkin.