La Liganing 14-turida "Atletiko" o‘z uyida "Deportivo Alaves"ni mag‘lub etdi.
Ushbu o‘yin Diyego Simeone uchun yubileyga aylandi. U "matraschilar" boshqaruvida 700-o‘yinini o‘tkazib, Ispaniyada bitta klub bilan eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiy sifatida rekord o‘rnatdi.
Simeone Madrid jamoasiga 2011 yilning oxirida murabbiylik qila boshladi, ammo uning ilk o‘yini 2012 yilda bo‘lib o‘tdi. Shundan beri jamoa uning rahbarligida 413 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, 156 marta durang qayd etdi va 131 marta mag‘lubiyatga uchradi.
Shuningdek, Diyego "Atletiko" bilan birgalikda 8 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular qatoriga 2 ta Yevropa Ligasi, 2 ta Ispaniya chempionati, 2 ta UEFA Superkubogi, 1 ta Ispaniya Kubogi va 1 ta Ispaniya Superkubogi kiradi. 2015/16 yilgi mavsumda esa u "Eng yaxshi klub murabbiyi" unvoniga sazovor bo‘lgan.