Simone Indzagi "Inter"ning "Verona" ustidan qozongan g‘alabasi (5:0) haqida gapirdi.
"Men Korreani juda yaxshi bilaman va u 13 iyuldan beri qattiq ishlamoqda. Bizda katta jamoa borligini bilamiz va tarkibdagi o‘rinlar uchun raqobat juda ko‘p, ammo Korrea xalqaro tanaffusgacha zaxiradan maydonga tushib o‘zini yaxshi ko‘rsatgan edi va men uni asosiy tarkibda maydonga tushirishni o‘yladim. Bu safar menda hech qanday shubha yo‘q edi, faqat uning yonida kim o‘ynashini tanlashim kerak edi.
Lautaro so‘nggi daqiqalarda bizga yordam bera olishi uchun gripp alomatlari tufayli baribir zaxirada qolardi. Shuning uchun men Tyuram va Marko Arnautovichni tanladim. Men Korrea va barcha yigitlardan mamnunman, tayyorlanish uchun atigi 48 soat vaqtimiz borligini hisobga olsak, bu juda professional chiqish bo‘ldi.
Bu kelajak uchun variant bo‘lishi mumkin (to‘rtta himoyachiga o‘tish). Men xalqaro o‘yinlardan so‘ng ba’zi futbolchilarga dam berishim kerak edi, Karlos Augusto esa bir oylik tanaffusdan so‘ng qaytgandi. Biz juda muhim o‘yinda g‘alaba qozondik va tashvishlanishning yagona sababi Acherbi edi, u mushaklarda noqulaylik his qildi, shuning uchun u almashtirishni so‘radi.
Biz De Vreyning qanchalik yaxshi o‘ynaganini ko‘rdik, ammo umid qilamizki, Acherbi tez orada qaytadi", — dedi "Inter" bosh murabbiyi DAZN nashriga bergan intervyusida.