"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Joau Kanselu "shaharliklar"ning hozirgi futbolchisi Joshko Gvardiol haqida gapirdi.
"Joshko Gvardiol dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri va prinsipial jihatdan eng yaxshi himoyachilardan biri hisoblanadi.
U dunyoning eng kuchli klublaridan birida o‘ynaydi", - deya Kanseludan iqtibos keltiradi City Xtra.
22 yoshli xorvatiyalik joriy mavsumda 18 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.
"Manchester Siti" ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Xosep Gvardiola shogirdlarida 11 turdan keyin 23 ochko bor.