"Barselona" va Nike yana kelishib olishdi - shartnoma 2038 yilgacha uzaytirildi. Bu shartnomani yana o‘n yilga uzaytirishni anglatadi, chunki avvalgi kelishuv 2028 yilgacha amalda edi.
Eslatib o‘tamiz, Nike 20-asr oxiridan beri jamoaning hamkori bo‘lib kelgan. Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri aniqlik kiritishicha, shartnoma umumiy hisobda "Barselona"ga 1,7 milliard yevro daromad keltiradi.
Hozirda Kataloniya superklubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.