Garet Sautgeyt kamida bir yil murabbiylikka qaytmasligini aytdi.
54 yoshli mutaxassis iyul oyida Yevro-2024 finalida Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi.
Payshanba kuni Afinada bo‘lib o‘tgan Yevropa klublari assosiasiyasining bosh assambleyasida so‘zga chiqqan Sautgeyt tez orada ishga qaytishni rad etdi.
"Men, albatta, keyingi yil murabbiylik qilmayman, bunga ishonchim komil. Menga to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun vaqt kerak. Bunday katta lavozimni tark etganingizda, tanangiz va ongingizga vaqt berishingiz kerak.
Men hayotimdan zavqlanyapman, shuning uchun shoshilmaslik kerak ", dedi Sautgeyt.