"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta terma jamoalar uchun tanaffus vaqtida klub xo‘jayinlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Birga vaqt o‘tkazish har doim juda ijobiy. Edu sport direktori lavozimidan ketganidan keyin klubning yo‘nalishi haqida o‘ylab olishimizga biroz vaqt bor edi.
Klub egalari bilan vaqt o‘tkazish juda yoqimli. Ular sportda katta tajribaga ega. Ularning ambisiyalari yuqori va har kuni biz bilan qanchalik yaqin ishlayotganini his qilishingiz mumkin", dedi Arteta matbuot anjumanida.