Hujumchi Kilian Mbappe “Real”ning so‘nggi o‘yinlarida qatnashgan bo‘lsa-da, Fransiya terma jamoasiga chaqiruv olmadi, Karlo Anchelotti esa futbolchining tuzalib ketganini aytdi.
Madrid klubi Fransiya terma jamoasiga bosim o‘tkazayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Yarim himoyachi Aureliyen Tchuameni bu borada fikr bildirdi.
"Men Kilian bilan gaplashdim. Uning jismoniy muammolari bor. Klub tomonidan hech qanday bosim yo‘q", - dedi Tchuameni jurnalistlarga.
Aytish joizki, payshanba kuni Isroilga qarshi Millatlar ligasi o‘yinida Fransiya terma jamoasi sardori Aureliyen Tchuameni bo‘ladi.