"Selta" bilan o‘yin arafasida "Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik yengil jarohat olgan Robert Levandovskiga ishonishi mumkinligini, ammo boshqa hujumkor futbolchi Lamin Yamal hamon kasalxonada ekanligini aytdi.
"Real Sosyedad"ga qarshi o‘yin yaxshi o‘tmadi, lekin bu Laminning yo‘qligi uchun emas. U juda muhim futbolchi, ammo biz vaziyatga moslashishimiz kerak. Men undan xavotirda emasman. U albatta qaytadi", – deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca.
“Selta” – “Barselona” uchrashuvi 23 noyabr kuni Vigo shahrida bo‘lib o‘tadi.