Fransiyaning "PSJ" klubi rahbari Nosir Al-Xelayfiy jamoasining UEFA Chempionlar ligasidagi maqsadi haqida gapirdi.
"Bizning o‘z shaxsiyatimiz bor. Hozirgi maqsadimiz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish emas, balki o‘z uslubimizga ega bo‘lishdir", - deydi prezident.
Chempionlar ligasining umumiy bosqichining to‘rt turida parijliklar to‘rt ochko jamg‘arib, turnir jadvalida atigi 25-o‘rinni egallab turishibdi. Luis Enrike shogirdlari navbatdagi o‘yinni safarda "Bavariya"ga qarshi o‘tkazadi.