"Bavariya"ning sobiq hujumchisi Robert Levandovski ispaniyalik murabbiy, hozirda Angliyaning "Manchester Siti"sida ishlayotgan Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"U shaxs sifatida futbolchilarga qiyin edi. Biroq, Gvardiola - taktik daho. Agar hamma unga ergashsa, g‘alaba qozonadi. Keyinchalik uning qanday o‘zgarganini payqadim. Pep tushundiki, agar u insonparvarroq va ochiqroq bo‘lsa, bu unga taktikadan ko‘ra ko‘proq yordam beradi", - dedi polshalik hujumchi.
Gvardiola va Levandovski "Bavariya"da birga ishlagan. Ispaniyalik 2013 yildan 2016 yilgacha nemis grandiga ustozlik qilgan edi.