"Liverpul" "Fulxem" markaziy himoyachisi Yoakim Andersenni sotib olishdan manfaatdor.
28 yoshli futbolchi mudofaa chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha izlanishlar olib borayotgan "qizillar"ning transfer maqsadiga aylandi, deb xabar beradi CaughtOffside. Avvalroq "Yuventus" daniyalikka qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.
Yoakim Andersen shu yilning avgust oyidan buyon "Fulxem"da o‘ynamoqda. Londonliklar safidagi bu yilgi mavsumning to‘qqizta o‘yinida futbolchi bitta natijaviy uzatmani amalga oshirdi.