"Yuventus" himoyachi Pyer Kalyulyuni sotib olish imkoniyatini faollashtirmoqchi.
Turin klubi 24 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha "Milan"dan ijaraga olgandi. Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, "Yuventus" fransuzning 14 million yevro va 3 million yevro bonus evaziga sotib olish punktini faollashtirishni rejalashtirmoqda. Futbolchi "Byankonerilar" bilan 2029 yilgacha yiliga 2 million yevrodan ortiq maosh bilan shartnoma imzolaydi.
Pyer Kalulu joriy mavsumda "Yuventus" safida 13 ta o‘yin o‘tkazdi.