"Barselona" shanba kuni "Selta"ga qarshi safarda La Liga o‘yinini o‘tkazadi. Avval taxmin qilinganidek, Lamin Yamal bellashuvda ishtirok eta olmaydi - u to‘pig‘idan olgan jarohatidan keyin tiklanishda davom etmoqda, deb xabar berdi RAC1. Bundan tashqari, 17 yoshli vingerning seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasida "Brest"ga qarshi uchrashuvidagi ishtiroki ham savol ostida. Gavi esa o‘tgan yildan beri ilk bor asosiy tarkibga kirishga tayyor. Vaholanki, havbek hali 90 daqiqaning barchasini o‘ynashga qodir emas.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal shu oyning boshida jarohat olgandi. U "Real Sosyedad" bilan o‘yinni o‘tkazib yubordi va Ispaniya terma jamoasiga bormadi.