Kosovo futbol federasiyasi Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) apellyasiya qo‘mitasining milliy terma jamoaga Millatlar ligasi doirasida Ruminiyaga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lish haqidagi qarori ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qiladi.
"Biz Kosovoni turnir jadvalidagi 3 ochkodan mahrum qilish qaroriga rozi emasmiz va natijani Ruminiya foydasiga 3:0 deb hisoblaymiz, shu sababli federasiya Lozannadagi CASga murojaat qilib, milliy terma jamoamizning huquqlarini himoya qilishda davom etadi", - deyiladi federasiya bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, kosovolik futbolchilar Millatlar ligasi Ruminiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda 0:0 hisobida yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida maydonni tark etishdi, mezbon muxlislar "Serbiya, Serbiya!" deya hayqirishdi va Serbiya bayrog‘ini ko‘rsatishdi.