"Roma" yarim himoyachisi Leandro Paredes qishki transfer oynasida "Boka Xuniors"ga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Roma"ni mavsum oxirigacha tark etmayman, klub bilan shartnomam bor, uni bajarish niyatim bor", — deya Paredes so‘zlarini keltirmoqda TycSports.
Paredes o‘tgan yozda "PSJ"dan "Roma"ga o‘tgan edi. 30 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsumda Rim klubi safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Paredesning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va uning transfer narxi 8 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsum "Roma" uchun juda yomon o‘tmoqda, 12 turdan keyin Ranyeri shogirdlari turnir jadvalida atigi 12-o‘rinni egallab turibdi.