«Barselona»ning yarim himoyachi Dani Olmo borasidagi pozisiyasi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
«Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati Olmo yanvar oyida hech qanday muammosiz ro‘yxatdan o‘tishiga shubha qilmayapti. Qolaversa, kataloniyaliklar hujumchi Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazishga ishonchlari komil.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Barselona» yaqin kelajakda La Liganing 1:1 qoidasiga moslashish uchun moliyaviy komponent ustida faol ishlamoqda.