Hindistonning Kerala shtati hukumati 2025 yilda Argentina terma jamoasi ishtirokida ikkita o‘rtoqlik o‘yini tashkil qiladi. Bu haqda OAVga viloyat sport vaziri Vi Abdurahmon ma’lum qildi.
Shuningdek, u Janubiy Amerika terma jamoasi safida «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi ham bo‘lishi kutilayotganini ta’kidladi.