"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh "Real" yoki "PSJ"ga o‘tishi mumkin, deb yozadi FourFourTwo.
32 yoshli Salohning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, yanvar oyida misrlik boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi va erkin agent sifatida shartnoma imzolashi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq, Muhammad Saudiya klublaridan biriga o‘tishi, u yerda liga yuzlaridan biriga aylanishi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor edi, ammo futbolchining yaxshi formasi klublarni uning transferi haqida o‘ylashga majbur qilmoqda.