Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralash bahsida Peruni minimal hisobda mag‘lub etdi - 1:0. Yagona gol muallifi hujumchi Lautaro Martines bo‘ldi, unga Lionel Messi assistentlik qildi.
O‘yindan keyin «Albiseleste» bosh murabbiyi Lionel Skaloni matbuot anjumaniga kelmadi. «MDZ» xabariga ko‘ra, Skaloni oshqozonidagi muammolar tufayli ushbu tadbirni o‘tkazib yuborgan. Natijada Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
O‘n ikki turdan so‘ng Argentina terma jamoasi KONMEBOL zonasida jahon chempionati saralash turnirida peshqadamlik qilmoqda. Lionel Skaloni shogirdlari 25 ochko jamg‘ardi.