«Barselona» yarim himoyachisi Pedri o‘z jamoadoshi Frenki de Yong haqida fikr bildirdi.
«De Yong? U og‘ir jarohat olgan edi. Ishonchim komilki, biz tez orada Frenkining eng yaxshi versiyasini ko‘ramiz», - dedi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, de Yong aprelda to‘pig‘idan olgan jiddiy jarohatidan so‘ng endi maydonga qaytdi.