Italiya terma jamoasidagi jahon chempioni Marko Materassi Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Zinedin Zidan bilan yarashishga tayyorligini ma’lum qildi.
JCH-2006 finalida Italiya terma jamoasi fransuzlarni penaltilar seriyasida (1:1, 5:3) mag‘lub etgandi. 110-daqiqadan boshlab Fransiya ozchilikda o‘ynadi, Zidan Materassining ko‘kragiga bosh bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi; himoyachi hujumdan oldin Zidanning singlisi haqida nomaqbul fikrlar bildirganini bir necha bor tan olgandi.
"O‘sha kundan beri Zinedin Zidan bilan gaplashmadim. Biz bu voqeadan oldin ham, keyin ham gaplashmadik. O‘rtamizda hech qanday munosabat yo‘q. U futbol afsonasi va men uni ketma-ket uchta Chempionlar ligasini yutgan futbolchi va murabbiy sifatida juda hurmat qilaman.
Men boshqa kechirim so‘rashni kutmayman, lekin shuncha yillardan keyin u bilan gaplashishni istardim. Menda bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi" - dedi Materassi Lucky Block bilan suhbatda.