Danilo Urugvay bilan 1:1 hisobidagi durangdan keyin Braziliya terma jamoasi muxlislarining hushtakbozliklari haqida gapirdi.
Salvadorda bo‘lib o‘tgan JCH-2026 saralash o‘yinida jamoalar durang natija qayd etishdi. O‘yindan so‘ng braziliyalik muxlislar jamoaga hushtakbozlik qilishdi.
“Men hamma narsani tushunaman. Muxlislar xafa bo‘lishdi. Agar o‘zim tribunada bo‘lganimda, Braziliyaning g‘alaba qozonishini ko‘rishni xohlardim. Lekin o‘ylaymanki, o‘yinimiz biroz bo‘lsada ularga dalda beradi. Biz kerakli intensivlikni ko‘rsatdik.
Durang natija va jadvaldagi o‘rin nuqtayi nazaridan muxlislar asabiylashadi. Umuman olganda, Paragvay bilan o‘yindan so‘ng jamoa sezilarli darajada o‘sdi. Maydondagi vazifalarimizni yaxshiroq tushuna boshladik", — dedi braziliyalik futbolchi.