Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Janubiy Amerikadagi jahon chempionati saralash bosqichida golli uzatma berish bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
"Albiselesta" sardori bugungi o‘yinda Peru terma jamoasi darvozasiga ajoyib gol urgan Lautaro Martinesga assistentlik qildi.
Hozir Messi Janubiy Amerika saralash bosqichida 13 ta golli uzatmaga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha u uchinchi o‘ringa chiqib oldi.
Reytingda faqat kolumbiyalik Aleksis Sanches (15) va braziliyalik Neymar (19) yuqoriroq.